Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi shaxmat Olimpiadasida to‘qqizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Musobaqaning 10-turida O‘zbekiston Armaniston terma jamoasini 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi.
Nodirbek Abdusattorov Ayk Martirosyanni, Javohir Sindarov Robert Ovannisyanni, Muhiddin Madaminov esa Gabriel Sargissyanni mag‘lub etdi. Nodirbek Yoqubboyev va Shant Sargsyan o‘rtasidagi partiya durang bilan yakunlandi.
Ushbu g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasi uchun musobaqadagi to‘qqizinchi g‘alaba bo‘ldi. Jamoa yana ikki ochko ishlab oldi va 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.
10-turda O‘zbekistonning ikkinchi va uchinchi terma jamoalari ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston-2 terma jamoasi Hindistonga 0,5:3,5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jahongir Vohidov R. Pragnanandhaga, Abdisalim Abdimalik Arjun Erigaysiga qarshi durang o‘ynadi, Muhammadzohid Suyarov Nihal Saringa, Ortiq Nig‘matov esa Gukesh D.ga yutqazdi.
O‘zbekiston-3 terma jamoasi Isroilga 1,5:2,5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Saidakbar Saydaliyev Maksim Rodshteynga, Bahrom Bahrillayev Avital Boruxovskiyga yutqazdi, Almas Rahmatullayev Yaxli Sokolovskiy bilan durang o‘ynadi, Muhammadali Abdurahmonov esa Ilya Smirinni mag‘lub etdi.