Shoshilinch
Iqtisod

O‘zbekiston va Golgi Health tibbiyot sohasida hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Golgi Health tibbiyot sohasida hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Golgi Health tibbiyot sohasida hamkorlikni muhokama qildi  / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) —  Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Turkiyaning Golgi Health kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Muzokaralar davomida ishtirokchilar kompaniyaning O‘zbekiston bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirgan loyihalari va ishlari natijalarini, hamkorlikning joriy yo‘nalishlarini, shuningdek, istiqboldagi rejalarni ko‘rib chiqdi.

O‘zbekistonda zamonaviy laboratoriya tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari hamkorlikni yana-da kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar natijalari va tajriba almashinuvini faollashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar sog‘liqni saqlash sohasida innovatsion yechimlarni birgalikda rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.