Shoshilinch
Iqtisod

Hindistonning Precise Group kompaniyasi O‘zbekiston farmkorxonalariga texnologiya berishi mumkin

Hindistonning Precise Group kompaniyasi O‘zbekiston farmkorxonalariga texnologiya berishi mumkin
Hindistonning Precise Group kompaniyasi O‘zbekiston farmkorxonalariga texnologiya berishi mumkin  / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Hindiston farmatsevtika sohasida hamkorlik qilish, jumladan, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Agentlik direktori Abdulla Azizov Hindistonning Precise Group farmatsevtika kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar zamonaviy farmatsevtika texnologiyalarini kompaniya tomonidan O‘zbekiston korxonalariga transfer qilish va ularni mahalliy ishlab chiqarish maydonlarida o‘zlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, yangi ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning mahalliy farmatsevtika korxonalarini Precise Group bilan hamkorlikka jalb qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Precise Group texnologiyalari va ishlab chiqarish yo‘nalishlariga qiziqish bildirgan O‘zbekiston farmatsevtika korxonalarini aniqlash, shundan so‘ng ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tashkil etishga kelishib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.