Iqtisod

O‘zbekiston va Finlyandiya savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Finlyandiya savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Finlyandiya savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Finlyandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoxanna Mariya Ogren bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, Finlyandiya kompaniyalarini O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuv ishtirokchilari Finlyandiya biznesining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi ortib borayotganini taʼkidladi. Tomonlar mavjud hamkorlik mexanizmlaridan, jumladan, Hukumatlararo komissiya va sohaviy biznes-forumlardan yana-da faol foydalanishga kelishib oldi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar aniq qo‘shma loyihalarni ilgari surish va uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.