Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakillari tarixda ilk bor Osiyo o‘yinlarida kibersport bo‘yicha medalga ega bo‘ldi. Abubakr Iminjanov va Farrux Mirhamidov Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida futbol bo‘yicha kibersport musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik kibersportchilar musobaqaning dastlabki bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalga yo‘l oldi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, ular uchinchi o‘rinni egallab, O‘zbekistonga Osiyo o‘yinlarida kibersport bo‘yicha tarixdagi birinchi medalni olib keldi.
Shuningdek, mamlakat uchun bu Osiyo o‘yinlarida mazkur yo‘nalishdagi birinchi medal bo‘ldi.