Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futzal terma jamoasi 15 sentyabr kuni Yevropa safari doirasida Vengriyaga yo‘l oladi. Jamoani bosh murabbiy Xose Mariya Mendes boshqarmoqda.
Milliy terma jamoa tarkibiga 14 nafar futbolchi kiritildi.
Darvozabonlar: Abbos Elmurodov (BMB), Shavkat Ibragimov (SQB).
Himoyachilar: Mashrab Adilov (BMB), Ilhomjon Hamroyev (SQB), Shahzodjon Sadiyev (BMB), Shohjahon Shonazarov (Nurafshon).
Qanot o‘yinchilari: Husniddin Nishonov (BMB), Sunnatulla Jo‘rayev (Nasaf), Shahram Faxriddinov (BMB), Xayrulla Solixov (Olmaliq), Asilbek Vafoyev (BMB), Behruz Samiyev (Xorazm).
Hujumchilar: Abror Ahmedzyanov (SQB), Jasur Orinbosarov (Olmaliq).
Jamoa 15 sentyabr kuni ertalab Budapesht shahriga yo‘l oladi. Yevropa safari doirasida O‘zbekiston terma jamoasini kuchli raqiblarga qarshi uchrashuvlar kutmoqda.