O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Sport

Kamilla Rahimova US Openda uchinchi davraga chiqdi

Dilafro'z Niyazova · 03.09.2026 · 12:00 · 34 views
Kamilla Rahimova US Openda uchinchi davraga chiqdi
Kamilla Rahimova US Openda uchinchi davraga chiqdi / Foto: Jeff Dean/USTA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova jahon reytingida 92-o‘rinni egallab turgan holda 2026 yilgi US Open turnirining uchinchi davrasiga yo‘l oldi. Ikkinchi davrada u reytingda 93-o‘rinda turgan ispaniyalik Oksana Selexmetevani 6:3, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 1 soat 5 daqiqa davom etdi. Rahimova bitta eys qayd etdi va ikki karra xatoga yo‘l qo‘ymadi. Shuningdek, u qo‘lga kiritgan beshta breyk-poyntning to‘rttasidan unumli foydalandi.

Selexmeteva hisobida birorta ham eys qayd etilmadi, u bitta ikki karra xato qildi va butun uchrashuv davomida birorta ham breyk-poyntga ega bo‘lmadi.

Turnirning to‘rtinchi davrasiga chiqish uchun Rahimova belaruslik tennischi Arina Sobolenko va rossiyalik Polina Yatsenko o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Keyinchalik Sobolenko Yatsenkoni 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etib, Rahimovaning uchinchi davradagi raqibiga aylandi.