Arslonbek Tojiyev Lozannadagi Grand Slamda kumush oldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochisi Arslonbek Tojiyev Lozannada o‘tkazilgan «Katta dubulg‘a» turkumidagi musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu medal o‘zbek jamoasining musobaqadagi ikkinchi medali bo‘ldi.
81 kggacha bo‘lgan vazn toifasida Tojiyev saralash bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazib, barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.
Hal qiluvchi bahsda o‘zbekistonlik dzyudochi Qozog‘iston vakili Ablayxan Jubanazar bilan kuch sinashdi. Bellashuv yakuniga ko‘ra Tojiyev raqibiga mag‘lub bo‘lib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Lozannada o‘tkazilayotgan «Katta dubulg‘a» turkumidagi musobaqada ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi.