Yandex Xaritalar haydovchilarni Toshkentdagi maktablar haqida ogohlantiradi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2 sentyabr kuni O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanadi. Bu bilan shaharlarda odatiy ertalabki ritm ham tiklanadi: bolalar maktabga yo‘l oladi, ta’lim muassasalari atrofida esa piyodalar harakati ko‘payadi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Yandex Maps haydovchilar uchun yangi funksiyani ishga tushirdi va Toshkent aholisiga ertalabki safarlarni xotirjam rejalashtirishga yordam beradigan tavsiyalarni to‘pladi.
O‘quv yili boshlanishi arafasida Yandex Maps haydovchilar uchun «Ehtiyot bo‘ling, maktab» yangi funksiyasini taqdim etdi. Avtomobil marshruti ta’lim muassasasi yaqinidan o‘tganda, funksiya avtomatik ravishda ishlaydi. Xaritada «Ehtiyot bo‘ling, bolalar» yo‘l belgilari aks etadi.
O‘quv yilining birinchi kuni ertalab safarni rejalashtirayotganda nafaqat odatiy yo‘nalishni, balki yo‘ldagi joriy vaziyatni ham hisobga olgan ma’qul. Yo‘lga chiqishdan oldin tirbandliklarni tekshirish, turli yo‘nalishlarni solishtirish va manzilga yetib borish uchun taxminiy vaqtni ko‘rib chiqish mumkin.
Yandex Maps avtomobildagi yo‘nalishni, jamoat transporti va piyoda harakatlanish variantlarini solishtirish imkonini beradi. Shu orqali aynan o‘sha kuni qaysi variant tezroq ekanini tanlash mumkin.
Masalan, avtobusda harakatlanishni tanlasangiz, ilova real vaqt rejimida kerakli transport vositasi qayerdaligini ko‘rsatadi va uning bekatga taxminiy yetib kelish vaqtini belgilab beradi. Bu uydan chiqishdan oldinyoq rejani tezda o‘zgartirish imkonini beradi — ayniqsa odatiy yo‘nalish bu kuni qulay bo‘lmasa.
Yo‘lning bir qismini piyoda bosib o‘tish kerak bo‘lsa, «Yashil yo‘nalish»ni tanlash mumkin. Yandex Maps daraxtlar soni va ochiq quyosh tushadigan hududlarni hisobga olgan holda qulayroq yo‘nalishni taklif qiladi.
Yandex Maps ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda o‘quv yilining birinchi kunida xaritalarda «Fan va ta’lim» kategoriyasi odatdagidan 36,2 foiz ko‘proq qidirilgan. O‘sha kuni Toshkentda maktablar Yandex Maps'da qariyb 75 foiz ko‘proq qidirilgan.
Xususiy maktablar bo‘yicha qidiruvlar qariyb 87 foizga, litseylar 61 foizga, oliy ta’lim muassasalari esa 40 foizdan ko‘proqqa oshgan.
O‘qishga tayyorgarlik ko‘rishda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarga qiziqish ham ortgan. Kopi-markazlarni qidirish 59,2 foizga, kanselyariya do‘konlarini qidirish esa 14,3 foizga ko‘paygan.
Manzilni shoshilib qidirib o‘tirmaslik uchun Yandex Maps'da maktab kartochkasini oldindan ochib, kirish joyini tekshirish, yo‘nalishni saqlab qo‘yish, shuningdek, yaqin atrofdagi kanselyariya do‘koni yoki kopi-markazni topish va ularning ish vaqtini tekshirish mumkin. Yandex Maps'ni Google Play yoki App Store'dan yuklab olish mumkin.