Behruzbek Usmonov dzyudo bo‘yicha JCHda bronza medalini qo‘lga kiritdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Behruzbek Usmonov dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqa Ekvadorda bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi vakili 73 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi xabar berdi.
Musobaqaning navbatdagi kuni yakunlariga ko‘ra, Usmonov O‘zbekiston terma jamoasiga yagona medalni taqdim etdi. U 73 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bronza medali sohibi bo‘ldi.
Jahon chempionatining ikki kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi birta oltin va to‘rtta bronza — jami beshta medalga ega bo‘ldi.
Bu natija O‘zbekiston terma jamoasiga umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olish imkonini berdi.