Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya terma jamoasi O‘zbekistonda yakunlangan «Mirabrora Usmonov Kubogi-2026» memorial turniri g‘olibiga aylandi.
Turnirning hal qiluvchi uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mezbonlarning yagona golini 90+2-daqiqada Davron To‘laganov urdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Rossiya, ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston, uchinchi o‘rinni Saudiya Arabistoni egalladi.
Turnir yakunida, shuningdek, «Eng yaxshi to‘purar», «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi futbolchi» va «Eng yaxshi yosh futbolchi» nominatsiyalari bo‘yicha individual sovrinlar ham topshirildi.