Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik futbol hakamlari Ayti-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarining erkaklar va ayollar o‘rtasidagi futbol musobaqasi final uchrashuvlariga tayinlandi.
3 oktyabr kuni erkaklar turniri finalida Koreya Respublikasi va Yaponiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Bosh hakam yordamchisi etib o‘zbekistonlik hakam Ruslan Serazitdinov tayinlangan bo‘lsa, Firdavs Norsafarov VAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.
Norsafarov, shuningdek, 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ayollar futbol turniri final uchrashuvida VAR hakami sifatida ishlaydi. Hal qiluvchi bahsda KXDR va Yaponiya terma jamoalari maydonga tushadi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik mutaxassislar Ayti-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarining futbol turniridagi har ikki final uchrashuvida ishtirok etadi.