Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston boks böyiça terma jamoasi Dakarda ötkazilayotgan ösmirlar Olimpiya öyinlarida ikki oltin medalni qölga kiritdi. Musobaqada mamlakat şarafini uç nafar sportçi himoya qildi. Bu haqda Özbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Musobaqada öğil bolalar örtasida 65 kg vazn toifasida Ibrohim Şokirjonov, qizlar örtasida esa 54 kg vazn toifasida Sabrina Çakomonova va 60 kg vazn toifasida Ruşanabonu Isoyeva iştirok etdi.
Ikkala sportçi qiz ham final bahslarida ğalaba qozonib, Olimpiya çempioniga aylandi. Federatsiya ta’kidlaşiça, ularning ğalabasi Özbekiston tarixida qizlar boksi böyiça ösmirlar Olimpiya öyinlarida qölga kiritilgan ilk oltin medallar böldi.
Şu tariqa, musobaqada atigi uç nafar boksçi bilan iştirok etgan Özbekiston terma jamoasi ikki oltin medalni qölga kiritdi. Federatsiya ma’lumotlariga köra, umumjamoa hisobida Özbekiston terma jamoasi Hindiston bilan birinçi örinni bölişdi.
Qizlar terma jamoasiga boş murabbiy Timur Axbayev rahbarlik qildi. Federatsiya, şuningdek, murabbiylar ştabi faoliyati va yoş sportçilarning musobaqaga tayyorgarligini alohida e’tirof etdi.