Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Tojikiston futzal terma jamoasi 8 va 10 noyabr kunlari Toşkentda Özbekiston terma jamoasiga qarşi ötkaziladigan ikkita örtoqlik uçraşuvi uçun tarkibni e’lon qildi.
Tojikiston terma jamoasi boş murabbiyi Payrav Vohidov bölajak uçraşuvlarga 14 nafar futbolçini — ikki nafar darvozabon va 12 nafar maydon öyinçisini jalb qildi.
Darvozabonlar safidan “Sipar” klubi a’zosi Firuz Bekmurodov va «Soro kompaniya» vakili Nuriddin Jabborov örin oldi.
Maydon öyinçilari tarkibiga Muhammad Şaripov (“Sipar”), Dilşod Salomov, Umed Kuziyev, Baxodur Xöjayev va Muhammad Afğonov (“Istiqlol”), Nasratşo Ismoilov, Nekruz Idiyev va Amirjon Rahimov (SSKA), Samandar Rizomov va Muhammad Rajabov («Soro kompaniya»), Siyovuş Qayumov (“Amonatbank”) hamda Xusrav Xoliqnazarov (“Somon”) kiritildi.
Bahodir Ahmedov boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi ham bölajak uçraşuvlarga tayyorgarlik körmoqda. Jamoa maşğulotlari Özbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar markazida ötkazilmoqda.
Har ikki jamoa noyabr oyidagi uçraşuvlardan FIFA xalqaro taqvimi doirasida 2028 yilgi futzal böyiça Osiyo kubogining saralaş bosqiçiga tayyorgarlik köriş uçun foydalanmoqda.