Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Markaziy banki Gonkong va Malayziya moliyaviy regulyatorlari, şuningdek, PETRONAS kompaniyasining ma’lumotlarni boşqariş va nazorat hisobotlarini avtomatlaştiriş sohasidagi tajribasini örgandi.
Regulyator delegatsiyasi Hong Kong FinTeç Week 2026 doirasida mazkur taşkilotlar vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Gonkong Valyuta boşqarmasi (HKMA), Malayziya Markaziy banki — Bank Negara Malaysia va PETRONAS kompaniyasi bilan bölib ötgan muzokaralarda nazorat ostidagi taşkilotlardan batafsil ma’lumotlarni yiğiş mexanizmlari muhokama qilindi.
Xususan, hisobotlarni taqdim etiş uçun yagona platformani yaratiş, ma’lumotlar sifatini tekşiriş va ularni boşqariş tizimlarini joriy etiş masalalari körib çiqildi. Şuningdek, ma’lumotlarni boşqarişda Ataccama platformasidan amaliy foydalaniş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Özbekiston Markaziy bankida ta’kidlanişiça, örganilgan tajriba regulyator hisobotlarini avtomatlaştiriş böyiça işlarda qöllaniladi.