Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va AQŞ oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, laboratoriyalarni rivojlantiriş va mutaxassislar tayyorlaş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Oziq-ovqat xavfsizligi qömitasi xabar berdi.
Qömita raisining örinbosari Xurşid Rahmatullayev AQŞ Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça soğliqni saqlaş masalalari yuzasidan katta maslahatçisi Mişel Lang-Alli hamda AQŞ elçixonasi vakillari bilan uçraşdi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri AQŞ Davlat departamenti tomonidan moliyalaştirilayotgan STRIDES — «Yuqumli kasalliklarni aniqlaş tizimlarini mustahkamlaş» loyihasini amalga oşiriş böldi. Uçraşuv iştirokçilari Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent viloyatidagi laboratoriyalar imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça erişilgan natijalar va kelgusi rejalarni körib çiqdi.
Şuningdek, mutaxassislarni xalqaro talablarga muvofiq tayyorlaş va qayta tayyorlaş, laboratoriyalar tarmoğining diagnostika imkoniyatlarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
STRIDES loyihasi 2024–2029 yillarga möljallangan. U insonlar va hayvonlar salomatligiga tahdid soluvçi yuqumli kasalliklarni erta aniqlaş, laboratoriyalarning diagnostik salohiyatini mustahkamlaş hamda epidemiologik nazorat tizimlarini takomillaştirişga qaratilgan.
Loyihani amalga oşiriş işlari FHI 360 xalqaro taşkiloti rahbarligidagi konsorsium tomonidan olib borilmoqda.
Uçraşuvda Özbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş böyiça milliy strategiyasi loyihasi ham alohida körib çiqildi.
Tomonlar hujjatni xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda örganiş, ilğor xorijiy tajribadan foydalaniş va strategiya doirasida yangi qöşma loyihalarni şakllantirişga kelişib oldi.