O‘zbekiston

Namanganda bog‘chada voyaga yetmaganni zo‘rlash holati tergov qilinmoqda

Namanganda bog‘chada voyaga yetmaganni zo‘rlash holati tergov qilinmoqda
Namanganda bog‘chada voyaga yetmaganni zo‘rlash holati tergov qilinmoqda / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatida Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida voyaga yetmagan shaxsni zo‘rlash holati bo‘yicha jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

2026 yil sentyabr oyida Uchqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi («Nomusga tegish») va 112-moddasi («O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida bir shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda jinoyat ishi Namangan viloyati prokuraturasi ish yurituviga o‘tkazilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni ustidan nazoratni Bosh prokuror shaxsan o‘z nazoratiga olgan.

Bosh prokuratura har tomonlama, to‘liq va xolis tergov o‘tkazilishini, shuningdek, voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashini maʼlum qildi.

Jinoyatga ehtimoliy aloqadorlik, uning holatlarini yashirish yoki masʼul shaxslarning harakatsizligi bilan bog‘liq aniqlangan har bir holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.

Tergov natijalari haqida prokuratura qonunchilikda belgilangan tartibda maʼlum qiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.