Shoshilinch
O‘zbekiston

O‘zbekiston Mudofaa vazirligida ikki vazir o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligida ikki vazir o‘rinbosari tayinlandi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligida ikki vazir o‘rinbosari tayinlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qahramonjon Obidjonovich Zoʼidov va Jahongir Dilshatovich Muratov O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qahramonjon Zoʼidov qurol-yarog‘ va jihozlar bo‘yicha mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U 2025 yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar institutiga rahbarlik qilib kelgan.

Jahongir Muratov mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Muratov 2024 yilda Toshkent shahri Chilonzor tumani prokurori lavozimida ishlagan. 2025 yilda u Prezident Administratsiyasidagi bo‘limlardan birining rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.