O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni olib chiqishga urinish to‘xtatildi

Dilafro'z Niyazova · 10.09.2026 · 13:35 · 35 views
Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni olib chiqishga urinish to‘xtatildi
Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni olib chiqishga urinish to‘xtatildi / Foto: Bojxona qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan aeroportida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda qimmatbaho metallarni Hindistonga noqonuniy olib chiqishga bo‘lgan urinishning oldini oldi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi besh nafar fuqaro maxsus ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular «Namangan — Dehli» yo‘nalishidagi reys bilan Dehliga uchib ketishni rejalashtirgan.

DXX maʼlumotiga ko‘ra, yo‘lovchilar mamlakat hududidan umumiy og‘irligi 555 gramm bo‘lgan oltin quymalari va 200 gramm zargarlik buyumlarini olib chiqishga uringan. Idora taʼkidlashicha, qimmatbaho metallarni yashirish uchun yo‘lovchilarning ichki aʼzolaridan «tirik konteyner» sifatida foydalanilgan.

Olib qo‘yilgan qimmatbaho metallarning dastlabki umumiy qiymati 1,1 mlrd so‘mga baholanmoqda.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.