O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston xorijiy valyutadagi obligatsiyalarning birinchi chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazdi

Dilafro'z Niyazova · 10.09.2026 · 13:55 · 32 views
Oʻzbekiston xorijiy valyutadagi obligatsiyalarning birinchi chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazdi
Oʻzbekiston xorijiy valyutadagi obligatsiyalarning birinchi chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazdi / Foto: Pixabay/benscripps..

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xorijiy valyutada nominallashtirilgan korporativ obligatsiyalarning birinchi chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda ILMA xabar berdi.

Obligatsiyalarning emitenti sifatida «Asia Alliance Bank» AJ ishtirok etdi. Emissiyaning umumiy hajmi 20 mln AQSH dollarini tashkil etadi, bitta obligatsiyaning nominal qiymati esa 100 AQSH dollari etib belgilangan.

Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish ochiq obuna orqali amalga oshiriladi.

Obligatsiyalar chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kapital bozori sohasidagi «Tartibga soluvchi sinov maydonchasi» maxsus huquqiy rejimi doirasida xorijiy valyutada ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, muomalaga kiritish va so‘ndirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshirilgan. Mazkur nizom 2024 yil 29 aprelda 3826-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda rezident emitentlarga xorijiy valyutada ifodalangan korporativ obligatsiyalarni chiqarish imkoniyati kapital bozori sohasidagi «Tartibga soluvchi sinov maydonchasi» maxsus huquqiy rejimi doirasida yaratilgan. Bu imkoniyat Prezidentning 2025 yil 18 dekabrdagi «Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-254-son farmoniga muvofiq joriy etilgan.

ILMA maʼlumotiga ko‘ra, yangi moliyaviy instrumentning joriy etilishi O‘zbekiston kapital bozoridagi moliyaviy instrumentlar turini yana-da kengaytirishga qaratilgan.