7
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qirgʻizistonga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qirgʻizistonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qirgʻizistonga joʻnab ketdi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 31-avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga joʻnab ketdi.

Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Oʻzbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi va VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.