Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvini rossiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Uchrashuvning bosh hakami etib rossiyalik FIFA referi Kirill Levnikov tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Dmitriy Yermakov va Andrey Vereteshkin yordam beradi.
O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 24 sentyabr kuni “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.