Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi “Aichi-Nagoya–2026” Osiyo o‘yinlarining aralash jamoaviy musobaqasida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Uchinchi o‘rin uchun bahsda o‘zbekistonlik dzyudochilar Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi tatamiga chiqdi. Uchrashuv O‘zbekiston jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu medal O‘zbekiston vakillari joriy Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan navbatdagi sovrin bo‘ldi.