Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning U-23 olimpiya terma jamoasi “Aichi-Nagoya–2026” Osiyo o‘yinlarida bronza medallarini qo‘lga kirita olmadi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda jamoa penaltilar seriyasida Xitoy terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.
Xitoyliklar 15-daqiqada hisobni ochdi — Xu Xetu o‘z nomini tabloga yozdirdi. Tanaffusga yaqin, 43-daqiqada Bahromov hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda Xitoy yana oldinga chiqdi. 53-daqiqada Van Vu Vey jamoasining ikkinchi golini urdi.
O‘zbekiston uchrashuv yakunida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 89-daqiqada Shodiyor Shodiboyev Xitoy darvozasini ishg‘ol qilib, asosiy vaqtdagi yakuniy hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.
Turnir reglamentiga ko‘ra, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Bu komponentda O‘zbekiston terma jamoasi 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi.