Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston sport gimnastikasi terma jamoasi vakili Rasuljon Abdurahimov Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Notekis bruslar finalida o‘zbekistonlik gimnast 14,433 ball jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Abdurahimovning bronza medali O‘zbekiston terma jamoasining joriy Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan navbatdagi medali bo‘ldi.