Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi tennischilari Sergey Fomin va Humoyun Sultonov Aichi–Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarini muvaffaqiyatli boshladi. Ular ilk uchrashuvda Chinese Taipei vakillari, yettinchi raqam ostida saralangan Xuan Sun-Xao va U Tun-Lin juftligini mag‘lub etdi.
O‘zbekistonlik tennischilar birinchi setda 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi, biroq uchrashuv davomida vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi setda Fomin va Sultonov 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv g‘olibi hal qiluvchi tay-breykda aniqlandi. Unda O‘zbekiston vakillari ishonchli o‘yin ko‘rsatib, 10:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Sergey Fomin va Humoyun Sultonov 4:6, 6:3, 10:3 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.