Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoasi Ayti-Nagoyada o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga yo‘l oldi. Chorak final bahsida o‘zbekistonlik futbolchilar Saudiya Arabistoni terma jamoasini 3:0 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 11-daqiqada hisobni ochdi. Dilshod Murtozoyev jarima zarbasi ijrosidan so‘ng gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
77-daqiqada Azizbek To‘lqinboyev Saudiya Arabistoni darvozasiga ikkinchi golni kiritib, O‘zbekiston terma jamoasining ustunligini ikki karra oshirdi.
10 daqiqa o‘tib, O‘zbekiston uchinchi golni urdi. Firdavs Abdurahmonov o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, uchrashuvning yakuniy hisobini 3:0 ko‘rinishida belgiladi.
Yarim finalda O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi chorak final bahsi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Yarim final uchrashuvi 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.