O‘zbekiston

Rossiya va O‘zbekiston transchegaraviy elektron hujjat aylanmasini rivojtirmoqda

Rossiya va O‘zbekiston transchegaraviy elektron hujjat aylanmasini rivojtirmoqda
Rossiya va O‘zbekiston transchegaraviy elektron hujjat aylanmasini rivojtirmoqda / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 23 sentyabr kuni U-Enter innovatsion markazida Rossiya va O‘zbekistonning raqamli hamkorligi doirasida transchegaraviy elektron hujjat aylanmasini (TEHA) rivojlantirish, normativ tartibga solish va kiberbarqarorlik masalalariga bag‘ishlangan yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov hamda Rossiya raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Shoytov tabrik so‘zlari bilan chiqish qildi. Uchrashuvga Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi «raqamli attashe»si Vladislav Luzgin moderatorlik qildi.

Muhokamada Rossiya va O‘zbekiston davlat tuzilmalari hamda IT-kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Maʼruzachilar orasida Rossiya Federal soliq xizmati Elektron hujjat aylanmasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ilya Prisyajnyuk, “UNICON.UZ” MCHJ bosh direktori maslahatchisi, sunʼiy intellekt va IT-ekspertiza masalalari bo‘yicha Shukurjon Mahamadnozimov, «Yangi texnologiyalar» AT NIS boshqarmasi boshlig‘i Nodir Muhammadov, “Kontur” SKB MEHA va TEHA loyihalari rahbari Dmitriy Tameyev hamda «AyTi Bastion» biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Konstantin Rodin bor edi.

Yalpi majlis davomida ishtirokchilar ikki davlat o‘rtasidagi raqamli hamkorlikning strategik yo‘nalishlari hamda elektron hujjat aylanmasini yana-da rivojlantirish uchun umumiy savdo-iqtisodiy asoslarni ko‘rib chiqdilar.

Shukurjon Mahamadnozimov O‘zbekistonda raqamli transformatsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barqaror qog‘ozsiz hamkorlikka o‘tish infratuzilma, ishonch mexanizmlari va biznesning amaliy tayyorgarligini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishni talab etadi.

Asosiy mavzulardan biri Rossiya va O‘zbekistonning tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlarni transchegaraviy almashish bo‘yicha qo‘shma pilot loyihasining natijalari bo‘ldi. Loyihada ikki davlat soliq organlari, elektron hujjat aylanmasi operatorlari va ishonchli uchinchi tomonlar ishtirok etdi.

Dmitriy Tameyev “Kontur” SKBning “Diadok” tizimi orqali tijoriy transchegaraviy hujjat aylanmasini tashkil etish bo‘yicha tajribasini taqdim qildi. Ishtirokchilar, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni texnik tashkil etish, jumladan, yagona respublika rouming markazining ishlashi va milliy operatorlar bilan integratsiya masalalarini muhokama qildilar.

Rossiya kompaniyalari transchegaraviy konturga dastlabki ulanish jarayonida duch keladigan masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, mahalliy modelning afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlari, milliy ishonchli uchinchi tomonlar bilan hamkorlik hamda ulanish uchun texnik talablar muhokama qilindi.

Kiberxavfsizlik mavzusi butun muhokama davomida asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Aleksandr Shoytov Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuv doirasida muhim axborot infratuzilmasini himoya qilish va zamonaviy kibertahdidlarga qarshi kurashish ahamiyatini taʼkidladi.

Konstantin Rodin raqamli hamkorlik kanallarining himoyalanganligini taʼminlash bo‘yicha texnik yondashuvlarni taqdim qildi. Ko‘rib chiqilgan choralar qatorida imtiyozli foydalanishni nazorat qilish, xavfsiz marshrutizatsiya va muhitlarni izolyatsiya qilish kabi mexanizmlar bor. Ular davlatlararo TEHA shlyuzlari bilan ishlash jarayonida milliy raqamli konturlarning buzilishi xavfini kamaytirishga qaratilgan.

Uchrashuv yakunida maʼruzachilar ishtirokchilarning savollariga javob berdilar. Blis-so‘rov doirasida regulyatorlar va IT sohasi uchun Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida masshtablanadigan hamda himoyalangan raqamli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor qadamlar ham belgilandi.

Tadbir «AyTi Bastion» kompaniyasi ishtirokida o‘tkazildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.