O‘zbekiston

Buxoroda PM10 meʼyordan yuqori ekani qayd etildi

Buxoroda PM10 meʼyordan yuqori ekani qayd etildi
Buxoroda PM10 meʼyordan yuqori ekani qayd etildi / Foto: O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro shahrida 2026 yil 15 sentyabr kuni neft obyektida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalari miqdori belgilangan meʼyordan oshgani qayd etildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Shaharda joylashgan avtomatik monitoring stansiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, soat 01:00 dan 21:00 gacha bo‘lgan davrda PM2.5 zarrachalarining o‘rtacha konsentratsiyasi 27,3 mkg/m³, PM10 zarrachalariniki esa 122 mkg/m³ni tashkil etgan. Bu 1,6 PDKga teng.

Oltingugurt dioksidi (SO₂)ning o‘rtacha ko‘rsatkichi 0,016 mg/m³, azot dioksidi (NO₂) — 0,002 mg/m³, uglerod oksidi (CO) esa 0,185 mg/m³ni tashkil etgan.

14 sentyabrdagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda PM2.5 va PM10 mayda dispersli zarrachalari konsentratsiyasi biroz oshgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, asosiy nazorat qilinadigan gazsimon ifloslantiruvchi moddalar — SO₂, NO₂ va CO bo‘yicha belgilangan meʼyorlardan oshish holatlari avtomatik monitoring stansiyasi tomonidan qayd etilmagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.