O‘zbekiston

Mirziyoyev va Kobaxidze Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Mirziyoyev va Kobaxidze Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Mirziyoyev va Kobaxidze Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Irakliy Kobaxidzeni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, Gruziya xalqiga farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2-3-iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, Gruziyaning Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.