Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon chempioni Turabek Habibullayev va Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari chempioni, qilichbozlik bo‘yicha sportchi Guliston Perdebayeva Aichi–Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari bo‘ldi.
Ochilish marosimi 19 sentyabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi va 4 oktyabrga qadar davom etadigan Osiyo o‘yinlariga rasmiy start beradi. Asosiy musobaqalar Ayti prefekturasi va Nagoya shahrida o‘tkaziladi. Ayrim sport turlari, jumladan, Tokiodagi boshqa maydonlarda ham tashkil etiladi.
Osiyo o‘yinlarida 45 ta mamlakat va hudud vakillari ishtirok etadi. Musobaqalar dasturi 43 ta sport turi va 469 ta medallar to‘plamini o‘z ichiga olgan. Dasturga fristayl BMX, aralash jang sanʼatlari, tekbol va virtual taekvondo kabi yangi sport turlari ham kiritilgan.
O‘yinlarning talismani sifatida anʼanaviy yapon himoya xudosi Sati-xoko obrazidan ilhomlanib yaratilgan, yo‘lbars va baliq qiyofasini o‘zida mujassam etgan Honhorn tanlangan.