Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 15 sentyabrdan 19 sentyabrga qadar O‘zbekistonda 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati — CAFA U-17 Women‘s Championship 2026 bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Turnirda O‘zbekiston, Eron, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikistonning U-17 yosh toifasidagi qizlar milliy terma jamoalari ishtirok etadi.
Musobaqa yosh futbolchi qizlarni rivojlantirish va ularni mintaqaviy hamda xalqaro turnirlarga tayyorlash uchun maydon vazifasini bajaradi. Shuningdek, chempionat Markaziy Osiyodagi yosh futbolchi qizlar orasidan istiqbolli o‘yinchilarni aniqlash imkonini beradi.
Turnirda O‘zbekiston U-17 qizlar terma jamoasiga Mahliyo Sarikova boshchilik qiladi.