Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol terma jamoasi 1 oktyabr kuni Toshkentda FIFA xalqaro oynasi doirasida Suriya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Shu tariqa, milliy terma jamoaning yaqin kunlardagi FIFA kunlaridagi yana bir raqibi aniq bo‘ldi.
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining 24 sentyabr kuni Eron va 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi maʼlum qilingan edi.