Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Sukni qabul qildi.
Alohida strategik sheriklik munosabatlarini savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologiyalar, transport-logistika sohalarida yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Innovatsion-texnologik hamkorlikni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratildi.
Savdo, moliya va investitsiya, raqamli iqtisodiyot hamda kiberxavfsizlik sohalarida, Koreyaning ilgʻor texnologiyalari va Oʻzbekistonning xomashyo bazasidan foydalangan holda muhim minerallarni qayta ishlash borasida, shuningdek, transport va temir yoʻl infratuzilmasi hamda hududlararo aloqalar yoʻnalishlarida sheriklik istiqbollari muhokama qilindi.