O‘zbekiston

Buxoro viloyatida neft omboridagi yong‘in o‘chirildi

Buxoro viloyatida neft omboridagi yong‘in o‘chirildi
Buxoro viloyatida neft omboridagi yong‘in o‘chirildi / Foto: FVV.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) —  Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida neft omborining rezervuarlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in bartaraf etildi, jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 

Yong‘in haqidagi xabar FVVga 15 sentyabr kuni soat 11:18 da kelib tushgan. Hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tezkorlik bilan yetib borgan.

Hozirgi vaqtda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot keyinroq taqdim etiladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.