O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Ziroat Mirziyoyeva Belgraddagi madaniy obyektlarga tashrif buyurdi

Dilafro'z Niyazova · 08.09.2026 · 23:00 · 37 views
Ziroat Mirziyoyeva Belgraddagi madaniy obyektlarga tashrif buyurdi
Ziroat Mirziyoyeva Belgraddagi madaniy obyektlarga tashrif buyurdi / Foto: Telegram/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Serbiya birinchi xonimi Tamara Vuchich bilan birgalikda Belgradning madaniy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdi.

Dastur Serbiya Milliy muzeyiga tashrif buyurishdan boshlandi. Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich muzey ekspozitsiyasi bilan tanishdi. Unda Serbiya tarixi bilan bog‘liq arxeologik topilmalar, shuningdek, serb va jahon sanʼati asarlari o‘rin olgan. Mehmonlar “Etno-mreja” anʼanaviy hunarmandchilik ko‘rgazmasini ham tomosha qildi.

Eʼtibor markazidagi asosiy obyektlardan biri Miroslav Injili bo‘ldi. U Serbiyaning asosiy milliy yodgorliklaridan biri hamda serb kirill yozuvining eng qadimgi yodgorligi hisoblanadi. XII asrga oid qo‘lyozma kitob katta badiiy qiymatga ega bo‘lib, miniatyuralar bilan bezatilgan. 2005 yilda YUNESKO Miroslav Injilini «Jahon xotirasi» xalqaro reyestriga kiritgan.

Shundan so‘ng birinchi xonimlar dunyodagi eng yirik pravoslav ibodatxonalaridan biri bo‘lgan va Serbiyaning muhim maʼnaviy ramzlaridan sanaladigan Avliyo Sava ibodatxonasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yana-da rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.