Iqtisod

O‘zbekistonda aeronavigatsiya sohasidagi qoidalar yangilandi

O‘zbekistonda aeronavigatsiya sohasidagi qoidalar yangilandi
O‘zbekistonda aeronavigatsiya sohasidagi qoidalar yangilandi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) standartlari va talablari inobatga olingan holda aeronavigatsiya sohasidagi aviatsiya qoidalari yangilandi. Bu haqda Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar berdi.

“O‘zaviatsiya” agentligi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiyaga 11-ilova — «Havo harakatiga xizmat ko‘rsatish» talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida havo harakatiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviatsiya qoidalarini tasdiqladi. Hujjat belgilangan tartibda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, “O‘zaviatsiya” agentligi direktori O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aeronavigatsiya xaritalari bo‘yicha aviatsiya qoidalarini hamda mamlakatda aeronavigatsiya axboroti xizmatlari bo‘yicha aviatsiya qoidalarini normativ-texnik hujjatlar sifatida tasdiqladi.

Hujjatlarni ishlab chiqish ICAO standartlari va talablarini amaliyotga to‘liq joriy etish, shuningdek, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni muntazam tahlil qilish va qayta ko‘rib chiqish orqali ularni yana-da takomillashtirishga qaratilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.