O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Sport

Abdumajidov yanvardan Fransiyaning “Brest” klubi futbolchisi bo‘ladi

Dilafro'z Niyazova · 06.09.2026 · 19:31 · 34 views
Abdumajidov yanvardan Fransiyaning “Brest” klubi futbolchisi bo‘ladi
Abdumajidov yanvardan Fransiyaning “Brest” klubi futbolchisi bo‘ladi / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentning “Paxtakor” klubi himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov faoliyatini Fransiyaning “Brest” klubida davom ettiradi. Futbolchi 1 yanvardan klubga qo‘shiladi. Bu haqda “Paxtakor” bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev maʼlum qildi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar futbolchi bilan shartnoma imzolab bo‘lgan. Shu bilan birga, Abdumajidov jamoaga yordam berish maqsadida joriy mavsum yakuniga qadar “Paxtakor”da qolishga qaror qilgan.

«Muhammadrasulning o‘zi jamoada qolib, yordam berishni xohladi», — dedi Tojiyev.

Avvalroq Fransiya klubi “Paxtakor”ning 22 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirgan edi. Avgust oyi oxirida “Brest” futbolchini bir mavsumga ijaraga olish va keyinchalik uni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishni istagani haqida xabar berilgan. Biroq Toshkent klubi futbolchining o‘tishiga rozi bo‘lmagan.

Tojiyev taklif ertaroq kelganida vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkinligini ham taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar tegishli xat oldinroq kelganida, klub futbolchini Fransiyaga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi mumkin edi.

“Paxtakor” bosh murabbiyi bunga misol sifatida o‘tgan yili Toshkent klubidan Belgiya jamoasiga o‘tgan Muhammadali O‘rinboyevni keltirdi.