Sport

Li Senman 2026 yilgi drift böyiça Özbekiston çempioni böldi

Li Senman 2026 yilgi drift böyiça Özbekiston çempioni böldi
Li Senman 2026 yilgi drift böyiça Özbekiston çempioni böldi / Foto: UZMAMF.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilgi mavsum yakunlariga köra, Li Senman drift böyiça Özbekiston çempioniga aylandi. U 445 oçko jamğardi.

Ikkinçi örinni Diyobek Şodiyev 426 oçko bilan, uçinçi örinni esa Dilşod Yusupov 353 oçko bilan egalladi.

Musobaqa yakunlari 21–22 noyabr kunlari Toşkent viloyatining Surum qörğonidagi Drift Arena trassasida bölib ötgan Oçiq çempionatning ikkinçi bosqiçidan söng sarhisob qilindi.

Bu haqda Özbekiston Milliy avtomobil va mototsikl federatsiyasi (UZMAMF) matbuot xizmati xabar berdi.

Federatsiya taşkil etgan bosqiçda Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistondan kelgan pilotlar iştirok etdi. Qozoğiston nomidan Mariya Kiseleva, Qirğiziston nomidan esa Timur Gubayev va Vladimir Komissarov qatnaşdi.

Bosqiç saralaş va juftlik poygalaridan iborat böldi. Saralaşda har bir pilotga uçta uriniş imkoniyati berildi. Hakamlar harakat trayektoriyasi, yonlama sirpaniş burçagi va boşqaruv uslubini baholadi. Saralaşdagi örin esa eng yaxşi uriniş natijasiga köra belgilandi. Saralaşda eng yaxşi natijani Li Senman qayd etdi.

Ikkinçi bosqiçning mutlaq hisobida Qirğiziston vakili Timur Gubayev ğolib böldi. Ikkinçi örinni Diyobek Şodiyev, uçinçi örinni esa Li Senman egalladi. Milliy hisobda birinçi örin Diyobek Şodiyevga, ikkinçi örin Li Senmanga, uçinçi örin esa Dilşod Yusupovga nasib etdi.

Taşkilotçilar maxsus nominatsiyalar böyiça ham mukofotlarni topşirdi.

«Eng tutunli poyga» mukofoti Qozoğiston vakili Mariya Kiselevaga, «Kunning avariyasi» nominatsiyasi böyiça mukofot Ruslan Şahdilovga berildi. «Ğalabaga bölgan iroda» nominatsiyasida esa Farrux Urunov ğolib böldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.