Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 yanvar holatiga köra, Özbekiston aholisining örtaça yoşi 29,6 yoşni taşkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Körsatkiç aholini röyxatga oliş natijalari hisobga olingan holda qayta körib çiqilgan ma’lumotlar asosida hisoblangan. Avvalgi hisob-kitoblarda mamlakat aholisining örtaça yoşi 29,5 yoş deb baholangan edi.
Erkaklarning örtaça yoşi 29,1 yoşni, ayollarniki esa 30,2 yoşni taşkil etdi.
Aholining eng yuqori örtaça yoşi Toşkent şahrida qayd etildi — 33,6 yoş. Keyingi örinlarda 31 yoş körsatkiçi bilan Navoiy viloyati va 30,9 yoş bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi joylaşgan.
Buxoro viloyatida aholining örtaça yoşi 30,8 yoşni, Toşkent viloyatida 30,1 yoşni taşkil etdi. Farğona va Xorazm viloyatlarida esa uşbu körsatkiç 30 yoşga yetdi.
Sirdaryo viloyatida örtaça yoş 29,6 yoş, Andijon viloyatida 29,3 yoş, Namangan viloyatida esa 28,8 yoşni taşkil qildi.
Samarqand viloyatida bu körsatkiç 28,4 yoş, Jizzax viloyatida 27,9 yoş, Qaşqadaryo viloyatida 27,8 yoşga teng böldi.
Aholining eng past örtaça yoşi Surxondaryo viloyatida qayd etildi — 27,4 yoş.
Qömita ma’lumotlariga köra, 2010 yilda Özbekiston aholisining örtaça yoşi 27 yoşni taşkil etgan. 2026 yil boşiga kelib, bu körsatkiç 2,6 yoşga oşgan.