Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi va UNICEF xalqaro SARA metodologiyasi asosida tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyati hamda tibbiyot muassasalarining uşbu xizmatlarni körsatişga tayyorlik darajasi baholangani natijalarini taqdim etdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Service Availability and Readiness Assessment (SARA) tadqiqoti tibbiyot muassasalarining aholiga zarur tibbiy xizmatlarni körsatiş imkoniyatlarini aniqlaşga qaratilgan.
Uşbu metodologiya Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tomonidan işlab çiqilgan. U tibbiyot muassasalarining infratuzilmasi, şuningdek, tibbiy asbob-uskunalar, dori vositalari, diagnostika vositalari va boşqa zarur resurslar bilan ta’minlanganlik darajasini baholaş imkonini beradi.
Tadqiqot natijalarini taqdim etişga bağişlangan tadbirda Soğliqni saqlaş, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Özbekiston mahallalari uyuşmasi vakillari iştirok etdi.
Şuningdek, UNICEF, BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori, VISION jamğarmasi va boşqa xalqaro taşkilotlar vakillari ham qatnaşdi.
Iştirokçilar mamlakatda soğliqni saqlaş tizimining birlamçi böğinini rivojlantiriş, kasalliklarning oldini oliş va ularni erta aniqlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni qayd etdi. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş ham ustuvor vazifalar qatorida tilga olindi.
Muhokamalar davomida oilaviy şifokorlarni qöllab-quvvatlaş va tibbiyot muassasalarini zarur kadrlar bilan ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş hamda sohani raqamlaştiriş masalalari alohida körib çiqildi.
Iştirokçilar milliy baholaş natijalarini atrofliça muhokama qilib, soğliqni saqlaş tizimini takomillaştiriş böyiça keyingi amaliy qadamlarni belgilab oldi.
Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, SARA natijalari mavjud muammo va ehtiyojlarni aniqlaş, investitsiyalar uçun ustuvor yönalişlarni belgilaş hamda tibbiy infratuzilmani rivojlantiriş böyiça asoslangan qarorlar qabul qiliş imkonini beradi.