Özbekiston

Akmal Saidov Jenevada bölib ötgan Xalqaro gumanitar huquq böyiça global muloqotda iştirok etdi

Akmal Saidov Jenevada bölib ötgan Xalqaro gumanitar huquq böyiça global muloqotda iştirok etdi
Akmal Saidov Jenevada bölib ötgan Xalqaro gumanitar huquq böyiça global muloqotda iştirok etdi / Foto: Özbekiston Respublikasi Inson huquqlari böyiça milliy markaz matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 3–4 noyabr kunlari Jeneva xalqaro konferensiya markazida «Xalqaro gumanitar huquq böyiça global muloqot» bölib ötdi. Şveysariya Konfederatsiyasi hamda Xalqaro Qizil Xoç Qömitasi (XQXQ) tomonidan taşkil etilgan uşbu Forum işida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov iştirok etdi.

Muloqotni Şveysariya Federal taşqi işlar departamenti davlat kotibi Aleksandr Fazel va XQXQ prezidenti Miryana Spolyariç Egger olib bordi. Forum xalqaro gumanitar huquqqa bölgan siyosiy sodiqlikni kuçaytiriş böyiça Global taşabbusning yakuniy hujjatlari taqdim etilgan asosiy maydonga aylandi. Yetti yönalişni qamrab olgan uşbu hujjatlar 160 dan ortiq davlat iştirok etgan beş bosqiçli maslahatlaşuvlar yakunlari böyiça tayyorlangan.

Anjumanning birinçi kuni “Global maslahatlaşuvlardan global harakatlar sari” mavzusidagi yalpi majlis bilan oçildi. Şundan söng jamiyatda xalqaro gumanitar huquq me’yorlarini qaror toptiriş, tinç aholining hayotiy ta’minot tizimlarini himoya qiliş hamda yangi texnologiyalarning insonparvarlikka xizmat qilişiga erişiş masalalariga bağişlangan uçta parallel davra suhbati ötkazildi.

Qizğin muhokamalar “Xalqaro gumanitar huquq va tinçlik” mavzusidagi yuqori darajadagi yalpi munozara bilan yakunlandi.

Tadbirning ikkinçi kuni “Taşabbus yakunlarini amaliyotga tatbiq etiş masalalari”ga bağişlandi. Iştirokçilar davlat içidagi çora-tadbirlar, xalqaro hamkorlik va tajriba almaşiş, şuningdek, xalqaro gumanitar huquq böyiça ixtiyoriy ma’ruzalarni öz içiga olgan ijroni nazorat qiliş mexanizmlarini muhokama qildilar.

Muloqot davomida Akmal Saidov yalpi majlislar va mavzuli sessiyalarda iştirok etib, Taşabbusning yakuniy hujjatlari hamda xalqaro gumanitar huquq normalarini implementatsiya qiliş böyiça davlatlarning ilğor tajribasi bilan tanişdi.

Global muloqot 2026 yil 7 dekabr kuni Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida bölib ötadigan “Uruş davrida insonparvarlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiyaga tayyorgarlikning muhim bosqiçi böldi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.