Özbekiston

Mirziyoyev Buxoro viloyatida 30 milliard dollarlik loyihalarni e’lon qildi

Mirziyoyev Buxoro viloyatida 30 milliard dollarlik loyihalarni e’lon qildi
Mirziyoyev Buxoro viloyatida 30 milliard dollarlik loyihalarni e’lon qildi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasini oşiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy özgarişlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi taşabbuslar bilan kelganmiz,– dedi davlatimiz rahbari.

Dastlab içimlik suvi va oqova tarmoqlari ta’minotiga töxtalib ötildi. Bu sohada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 385 million dollarlik loyiha amalga oşirilmoqda. Uning ikkinçi bosqiçiga yana 248 million dollar jalb qilinadi.

Natijada viloyatning barça tuman va şaharlarida 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxşilanadi, 775 ming kişi kanalizatsiya tarmoğiga ulanadi. Markazlaşgan içimlik suvi bilan qamrov hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi.

Prezidentimiz odamlar bu özgarişlarni kutayotganini ta’kidlab, mas’ullarga loyihalarni tezlaştirişni topşirdi.

Viloyatning transport aloqalarini yaxşilaş böyiça ham yirik rejalar belgilangan. Joriy yilda Buxorodan ötuvçi A-380 avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş yakunlanadi.

Kelasi yil M-37 yölining viloyat hududidagi 69 kilometrini yangilaş işlari boşlanadi. Qiymati 200 million dollarlik uşbu loyiha doirasida Buxoro şahri atrofida 4,5 kilometrli aylanma yöl ham quriladi.

Samarqand – Buxoro yönalişida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yölini quriş rejalaştirilgan. Bu yöl ikki şahar örtasidagi safar vaqtini hozirgi beş soatdan bir yarim soatgaça qisqartiriş imkonini berişi kutilmoqda. Şu yönalişda tezyurar poyezd uçun yangi temir yöl liniyasi ham közda tutilgan.

Prezidentimiz mutasaddilarga avtomobil va temir yöl loyihalarining master-rejalarini yakunlaş, hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş böyiça topşiriq berdi.

Buxoroda xalqaro standartlarga muvofiq, 300 million dollarlik yangi aeroport qurilmoqda. U bir vaqtning özida 20 ta samolyot va 1 ming 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniga ega böladi.

Aeroportni şahar markazi bilan boğlaş uçun 24 kilometrli avtomobil yöli barpo etiladi. Şuningdek, avtobuslar uçun 5,5 kilometrli BRT yölagini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.

Prezidentimiz aeroport va unga olib boradigan yölni Mustaqillik bayramigaça foydalanişga topşiriş vazifasini qöydi. Yangi infratuzilma Buxoroga keluvçilar uçun qulaylik yaratişi va hududning transport imkoniyatlarini kengaytirişi ta’kidlandi.

Turkiyaning “Pegasus” aviakompaniyasi Buxoroga töğridan-töğri qatnovlarni yölga qöymoqda. Kelasi yil Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boşlaş topşirildi.

Davlatimiz rahbari Buxoroda turizm xizmatlari va sayyohlar uçun yangi yönalişlarni köpaytiriş masalasiga töxtaldi. Joriy yilda viloyatga 3,5 million xorijlik sayyoh kelişi kutilmoqda. Kelgusida ularning sonini ikki baravar oşiriş maqsad qilingan.

Eski şahar, Yetti pir, Çor Bakr, Poykent, Varaxşa va Vardonze kabi tarixiy majmualarni yagona turizm konsepsiyasi asosida boğlaş közda tutilgan.

Buxoro şahridagi Gulçorboğ mahallasida 50 gektar maydonda 80 million dollarlik turizm markazi taşkil etiladi. Unda körgazmalar zali, amfiteatr va mehmonxonalar joylaşadi.

Jalol Ikromiy mahallasida esa xalqaro tadbirlarga möljallangan 60 million dollarlik kongress-xoll qurilmoqda. Kongress-xoll yonida “Hilton” va “Holiday Inn” brendlari ostida ikkita yetti qavatli mehmonxona barpo etilmoqda.

Bundan taşqari, sakkizta markaziy köça milliy va zamonaviy me’moriy yeçimlar asosida yangilanib, oltita xiyobon bunyod etiladi.

Viloyat markazini kengaytiriş doirasida Buxoro tumanidagi 1 ming gektar maydonda 500 million dollarlik turizm klasterini barpo etiş rejalaştirilgan. Uning hisobiga sayyohlarning Buxoroda qoliş muddatini örtaça 4-5 kungaça uzaytiriş mumkin.

Yiğilişda viloyat iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, ösiş 10,1 foizni taşkil etişi ta’kidlandi. Ötkazilgan sörovda buxoroliklarning 98 foizi sönggi yillarda hayot sifati yaxşilanganini aytgan, tadbirkorlarning 83 foizi esa kelgusi uç yilga ijobiy kutilma bilan qaramoqda.

Şu bilan birga, iqtisodiy ösiş tabiiy resurslar sanoati va qişloq xöjaligiga sezilarli darajada boğliq bölib qolmoqda: ularning iqtisodiyotdagi uluşi 43 foiz. Ön yilda xizmatlar sohasining uluşi 33 foizdan 36 foizga oşgan, xolos.

Prezidentimiz viloyat iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş, sanoatda çuqur qayta işlaşni rivojlantiriş, har bir tumanning ösiş nuqtalarini aniqlaş zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligida körsatkiçlarni 1,5 baravar oşiriş böyiça aniq rejalarni kiritiş topşirildi.

Toşkent şahri, Farğona va Jizzax viloyatlari xalqaro “Fitç” reytingini olgani misol sifatida keltirildi. Buxoro ham investorlar uçun oçiq va işonçli hudud sifatida öz salohiyatini namoyon qilişi lozimligi qayd etildi.

Buxoro viloyatidan 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida. Xorijdan qaytgan 24 ming kişi hali iş topmagan. Viloyat böyiça işsizlar soni 40 mingga yaqin, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi, – dedi Prezidentimiz.

Mas’ullarga xorijda kam iş haqiga işlayotgan yurtdoşlarimizni kasbga öqitib, yuqori daromadli işga joylaştiriş, 270 ming nafar aholining daromadini örtaça va undan yuqori darajaga olib çiqiş böyiça tumanlar kesimida reja işlab çiqiş topşirildi.

Buxoroda turizm mavsumi tört oydan olti oyga uzaygan. Prezidentimiz yilning qolgan davrida ham sayyohlarni jalb qiladigan yangi tadbirlar va turizm mahsulotlarini taklif etiş zarurligini ta’kidladi.

Kelasi yil viloyatda 30 ga yaqin xalqaro tadbir ötkaziş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, hozir Buxoroda beş yulduzli mehmonxona yöq, yirik savdo va köngiloçar maskanlar ham yetarli emas. Mavjud xizmatlarning asosiy qismi Buxoro şahrida jamlangan.

– Servis taklifi talabga mos emas,– dedi mamlakatimiz yetakçisi.

Sayyohlar sonini oşiriş uçun joylaştiriş, savdo, dam oliş va sayohat xizmatlarini viloyat tumanlarida ham rivojlantiriş zarurligi qayd etildi.

Mas’ullarga xorijlik turistlar sonini 7 millionga yetkaziş böyiça oyma-oy reja tayyorlaş vazifasi qöyildi. Unda qaysi davlatlardan sayyoh jalb etilişi, qanday yangi turpaketlar va tadbirlar taklif qilinişi, tumanlarda qaysi obyektlar işga tuşirilişi aniq körsatilişi lozim.

Prezidentimiz Buxorodagi xomaşyo, energiya resurslari hamda tadbirkorlar salohiyatini birlaştirib, uç yil içida 28 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş imkoniyati borligini ta’kidladi.

Uşbu rejaning 17 milliard dollari neft-gaz va kimyo sanoati hissasiga töğri keladi. Davlatimiz rahbari Buxoro neftni qayta işlaş zavodining quvvatlarini oşirişga nufuzli texnologik kompaniyalarni jalb qiliş va aniq natijaga erişiş vazifasini qöydi.

Umuman, viloyatdagi korxonalarda hosil böladigan xomaşyoni çuqur qayta işlaş uçun Kogon tumanida neft-kimyo ilmiy-sanoat klasterini taşkil etiş zarurligi bildirildi.

Energetikada qisqa muddat içida qariyb 2 ming megavatt quvvatli elektr stansiyalari işga tuşirildi. Kelgusi uç yilda yana 3,1 ming megavattli şamol elektr stansiyalari va 1 ming megavattli energiya saqlaş tizimlarini quriş rejalaştirilgan.

Elektr energiyasi işlab çiqariş hajmining ösişi uzatiş va taqsimlaş tarmoqlarini ham rivojlantirişni talab etadi. Şu maqsadda uç yilda viloyatda 745 kilometr elektr tarmoğini quriş reja qilingan.

Yengil sanoatda xalqaro brendlar bilan hamkorlik tajribasidan foydalanib, Buxoroda işlab çiqarilgan töqimaçilik mahsulotlarini taşqi bozorlarda kengroq tarğib qiliş zarurligi körsatib ötildi.

Kelasi yili bu borada kamida 1 milliard dollarlik loyihalarni bajariş va eksportni ikki baravar oşiriş vazifasi qöyildi.

Viloyatdagi yöllar holatini yaxşilaş uçun joriy yilda 900 milliard söm ajratildi. Şunga qaramay, tirbandlikni kamaytiriş, piyodalar va transport harakati xavfsizligini ta’minlaş, jamoat transportini yaxşilaş böyiça yeçimini kutayotgan masalalar bor.

Bugungi kunda Buxoroda 2 ming kilometr içki yöl va 266 ta köprik ta’mirtalab ahvolda. Prezidentimiz ularni yangilaş va ekspluatatsiya qilişga xususiy investitsiyalarni kengaytiriş zarurligini qayd etdi.

Asosiy sayyohlik yönalişlarini boğlaydigan muqobil pulli yöllar quriş imkoniyatlarini örganiş topşirildi.

Buxoroda jamoat transporti yetarliça rivojlanmagani sabab aholining 80 foizi iş, öqiş va kundalik yumuşlariga yengil avtomobilda qatnaydi. Prezidentimiz viloyat uçun zarur bölgan qöşimça 120 ta avtobusni keltiriş işlarini jadallaştiriş vazifasini qöydi.

Turistlarning Buxoro haqidagi dastlabki taassuroti aeroport va temir yöl vokzallari atrofidagi muhitdan boşlanişi ta’kidlandi. Şu bois, bu hududlarda xizmat körsatiş sifati va qulayliklarni oşiriş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berildi.

Daraxt turlarini Buxoroning iqlimi va tarixiy qiyofasiga mos tanlaş, mavjud daraxtlarni parvarişlaş hamda yöl böylarini obodonlaştirişda yagona yondaşuv kerakligi aytildi.

Viloyatdagi 55 ta mahalla aholisi markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlanişni kutayotgani qayd etildi. Prezidentimiz mutasaddilarga mazkur mahallalarga suv yetib borişini aniq muddatini belgilab, hal qilişni topşirdi. Viloyatdagi oilalarning uy-joyga ehtiyojini qondiriş maqsadida turar joy massivlari qurilişini jadallaştiriş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda ta’lim va tibbiyot sohalaridagi vazifalar ham körib çiqildi.

Tadbirkorlarga yer ajratib, xususiy boğça va maktablarni köpaytiriş, maktab bitiruvçilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qiliş vazifasi qöyildi. Texnikumlarni yirik tadbirkorlar va investorlar bilan boğlaş, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etiş zarurligi ta’kidlandi. Viloyatdagi önta davlat va xususiy oliy ta’lim muassasasida dual ta’lim qamrovini ikki baravar oşiriş rejalaştirilgan.

Joriy yilda 29 ta şifoxona va poliklinikani yangilaş işlari amalga oşirildi. Şu bilan birga, tibbiy xizmat sifati, ayniqsa, birlamçi böğin faoliyati böyiça hali yeçimini kutayotgan masalalar borligi qayd etildi.

Mutasaddilarga birlamçi tibbiy xizmatni yaxşilaş, sohaga investitsiya jalb etiş va xorijda tajriba orttirgan vatandoşlar imkoniyatidan foydalaniş topşirildi.

Prezidentimiz öz hududini kompleks rivojlantirişda Olot tumani hokimi Nargiza Nematova alohida jonbozlik körsatayotganini e’tirof etib, davlat va boşqaruv idoralaridagi köp yillik samarali mehnati, yangi iş örinlarini yaratiş orqali aholi farovonligini ta’minlaş yölidagi xizmatlari uçun uni "Fidokorona xizmatlari uçun" ordeni bilan mukofotlaşga qaror qilganini e’lon qildi.

Yiğilişda muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari hamda kelgusi yilga rejalari tinglandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.