Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Pekin şahrida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston barqaror taraqqiyot va farovonlik sari» kitobining xitoy tilidagi naşri rasmiy taqdimoti bölib ötdi. Tadbirda davlat idoralari, ilmiy va ekspert doiralari, biznes vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda diplomatik korpus vakillari iştirok etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri xabar bermoqda.
Kitob Xitoyning “Jenmin” naşriyoti tomonidan çop etilgan bölib, sakkiz bobdan iborat.
Unda Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli özgarişlar, mamlakatning BMT va Şanxay hamkorlik taşkiloti bilan hamkorligi, şuningdek, Markaziy Osiyoning respublika taşqi siyosatidagi örni yoritilgan.
Naşrdan Mirziyoyevning Yangi Özbekistonni barpo etiş doirasidagi islohotlar, mamlakatning içki va taşqi siyosatiga bağişlangan nutqlari hamda ma’ruzalari örin olgan. Şuningdek, davlat rahbarining avvalroq xorijiy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan intervyu va maqolalari ham kiritilgan.
Taqdimot iştirokçilari kitob xitoylik öquvçilar va xalqaro jamoatçilikka Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, milliy taraqqiyot ustuvor yönalişlari va mamlakat taşqi siyosiy kursi haqida yana-da töliq tasavvur oliş imkonini berişini ta’kidladi.
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi Xalqaro aloqalar bölimi mudiri Lyu Xaysin kitobning naşr etilişini ikki mamlakat örtasida har tomonlama strategik şeriklik örnatilganiga ön yil tölgan yildagi muhim voqea deb atadi.
U, şuningdek, 2027 yil 2 yanvar kuni Özbekiston va Xitoy diplomatik munosabatlar örnatilganining 35 yilligini nişonlaşini eslatdi.
Uning sözlariga köra, Pekin Özbekistonning mustaqil taraqqiyoti va modernizatsiyasini qöllab-quvvatlaşda davom etiş niyatida. Xitoy tomoni respublikadagi özgarişlarni siyosiy işonçni yana-da mustahkamlaş va özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş imkoniyati sifatida baholamoqda.
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi Tarğibot bölimi mudiri örinbosari Xun Dayun kitobning naşr etilişini ikki davlat örtasidagi gumanitar aloqalarni rivojlantirişdagi muhim voqea sifatida ta’rifladi. U madaniy va intellektual almaşinuv ikki tomonlama munosabatlar rivojini töldirib borişini qayd etdi.
Xun Dayunning baholaşiça, naşr Özbekiston Prezidentining davlat boşqaruviga yondaşuvlari va milliy taraqqiyot modelining öziga xos jihatlarini oçib beradi.
Unda, şuningdek, «Özbekiston — 2030» strategiyasini amalga oşirişga qaratilgan siyosiy iroda aks etgan. Uning fikriça, kitob xitoylik ekspertlar, jamoatçilik vakillari va keng kitobxonlar ommasi uçun qiziqarli böladi.
Xitoy Zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi prezidenti Fu Syaosyan naşr Yangi Özbekistondagi islohotlarning strategik maqsadlari, mamlakat içki modernizatsiyasi yönalişlari va taşqi siyosatini çuqurroq örganiş imkonini berişini bildirdi. U kitobni respublikadagi taraqqiyot jarayonlarini örganayotgan xitoylik öquvçilar uçun foydali manba deb atadi.
ŞHT Boş kotibi örinbosari Pyao Yanfan ham naşrning Özbekistondagi özgarişlarni anglaşdagi ahamiyatini ta’kidladi. U kitobda qonun ustuvorligini ta’minlaş, inson huquqlarini himoya qiliş va aholi turmuş darajasini oşiriş sohalaridagi özgarişlar aks etganini qayd etdi.
Uning sözlariga köra, islohotlarni izçil amalga oşiriş Özbekistonning xalqaro nufuzi va iqtisodiy jozibadorligini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Pyao Yanfan kitob Xitoy va ŞHTning boşqa mamlakatlarida ham öz öquvçilarini topişiga işonç bildirdi. Unda bayon etilgan yondaşuvlar özaro işonç, teng huquqlilik, madaniy xilma-xillikni hurmat qiliş va birgalikda taraqqiy etiş tamoyillariga hamohang ekanini ta’kidladi.
Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktorining örinbosari Pan Dapen kitobda Yangi Özbekistonni barpo etişning asosiy bosqiçlari izçil yoritilgani va mamlakatning içki hamda taşqi siyosatini yagona kontekstda körib çiqiş imkoni berilganini qayd etdi.
Uning baholaşiça, naşr amalga oşirilayotgan islohotlar mazmuni va zamonaviy milliy taraqqiyot tamoyillarini batafsil oçib beradi.