Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentdagi Parkwood turar joy majmuasining transformator punktida 27 oktyabr kuni ertalab ta’mirlaş işlari vaqtida erkak kişining kiyimiga öt ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, işlar jarayonida fazalararo qisqa tutaşuv sodir bölgan.
Guvohlarning aytişiça, erkakning kiyimi yonib ketgan. Jabrlangan şaxs şifoxonaga yotqizilgan. U tirik qolgan.
Toşkent şahar elektr tarmoqlari korxonasi filiali ma’lum qilişiça, transformator punkti iste’molçining balansida bölib, poytaxt filiali obyektlariga, jumladan, Mirobod tuman elektr ta’minoti korxonasiga tegişli emas.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, ta’mirlaş işlarini iste’molçining özi yollagan elektrik bajargan. U Mirobod tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimi hisoblanmaydi.
Avvalroq turar joy majmuasi aholisi elektr ta’minotidagi uzilişlar va liftlar işidagi nosozliklardan şikoyat qilgan edi. Jabrlangan şaxsning ahvoli va hodisa tafsilotlari haqida qöşimça ma’lumot berilmagan.
Yangilangan ma’lumot: Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, ikki nafar fuqaro turli darajadagi kuyiş jarohatlarini olgan. Ularga tibbiy yordam körsatilmoqda. Jabrlanganlar Mirobod tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari emas.