Özbekiston

Mirziyoyev COP31 sammitida iştirok etiş uçun Turkiyaga taşrif buyuradi

Mirziyoyev COP31 sammitida iştirok etiş uçun Turkiyaga taşrif buyuradi
Mirziyoyev COP31 sammitida iştirok etiş uçun Turkiyaga taşrif buyuradi / Foto: COP31.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğanning taklifiga binoan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida iştirok etiş uçun 10-11-noyabr kunlari Antaliya şahrida böladi.

Iqlim böyiça global sammitda davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari rahbarlari hamda yuqori darajadagi delegatsiyalar iştirok etadi.

Anjuman kun tartibidan BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyaning asosiy qoidalarini röyobga çiqariş, zamonaviy ekologik xatar va tahdidlarga qarşi kuraşiş hamda “yaşil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari suriş borasida keng kölamli xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalari örin olgan.

Davlatimiz rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq sözlaydi hamda qator ikki tomonlama uçraşuv va muzokaralar ötkazadi.

Ta’kidlaş joizki, Özbekiston BMTning Hadli konvensiyasiga 1993-yilda qöşilgan. 2018-yilda mamlakatimiz Parij bitimining iştirokçisiga aylandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.