Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyaning Özbekistondagi elçixonasi ruxsatsiz kiriş holatlari bir neça bor kuzatilgani sababli viza arizalarini topşiriş uçun onlayn navbatga yoziliş tizimi faoliyatini vaqtinça töxtatdi. Bu haqda diplomatik vakolatxona matbuot xizmati xabar berdi.
Elçixona ariza beruvçilardan tizimdan zarurat bölmagan hollarda foydalanmaslikni söradi. Diplomatik vakolatxona vaziyatni kuzatişda davom etadi va xizmatning xavfsiz işlaşi uçun zarur şaroitlar yaratilganidan söng navbatga yoziliş imkoniyatini bosqiçma-bosqiç tiklaşni rejalaştirmoqda.
Şu bilan birga, elçixona qabulga yoziliş imkoniyati mavjud emasligi bilan boğliq murojaatlarni telefon yoki elektron poçta orqali qabul qilmasligini ma’lum qildi.
Vaqtinçalik çora sifatida elektron poçta orqali qabulga yoziliş imkoniyati ariza beruvçilarning ikki toifasi uçun nazarda tutilgan. Bular Yaponiyada böliş maqomi töğrisidagi sertifikat (Certificate of Eligibility, COE) olgan şaxslar hamda Özbekiston Taşqi işlar vazirligining verbal notasiga ega bölgan şaxslardir.
Uşbu toifadagi ariza beruvçilar qabulga yoziliş uçun visa@ts.mofa.go.jp elektron poçta manziliga tegişli hujjatni ilova qilgan holda xat yuborişlari kerak. Şundan söng elçixona ariza topşiriş sanasini ma’lum qiladi.
Diplomatik vakolatxona yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söradi va ariza beruvçilardan vaziyatga tuşuniş bilan munosabatda bölişni iltimos qildi.