Özbekiston

Markaziy Osiyo davlatlari NDT raqamli platformasini yaratadi

Markaziy Osiyo davlatlari NDT raqamli platformasini yaratadi
Markaziy Osiyo davlatlari NDT raqamli platformasini yaratadi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston eng yaxşi mavjud texnologiyalar (NDT) böyiça mintaqaviy raqamli platformani yaratiş va rivojlantiriş töğrisida tört tomonlama memorandum imzoladi.

Hujjat COP31 iqlim konferensiyasi doirasida imzolandi. Bu haqda Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.

Memorandum ilğor texnologik yeçimlar almaşinuvi hamda sanoatni ekologik modernizatsiya qiliş sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişni nazarda tutadi.

Imzolaş marosimi «Eng yaxşi mavjud texnologiyalar mintaqaviy byurosining raqamli platformasi va Markaziy Osiyo mintaqaviy dasturi» mavzusidagi xalqaro sessiya doirasida bölib ötdi. Tadbir BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlarining 31-konferensiyasida Qozoğiston milliy pavilyonida ötkazildi.

Sessiya Qozoğistonning «Yaşil texnologiyalar va investitsiya loyihalari xalqaro markazi» NOA tomonidan taşkil etildi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlarining tabiatni muhofaza qiliş idoralari vakillari, xalqaro taşkilotlar hamda ekspertlar hamjamiyati iştirok etdi.

Tadbirda Özbekiston nomidan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi boş direktorining örinbosari Vyaçeslav Şi-syan qatnaşdi.

Muhokamalar davomida Özbekiston tomoni sanoat işlab çiqarişining ekologik samaradorligini oşiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, ifloslantiruvçi moddalar va issiqxona gazlari çiqindilarini qisqartirişda NDTni joriy etiş muhimligini ta’kidladi.

Iştirokçilar, şuningdek, eng yaxşi mavjud texnologiyalar böyiça ma’lumotnomalar işlab çiqiş, xalqaro tajriba almaşiş va sanoatni ekologik modernizatsiya qiliş böyiça kelişilgan yondaşuvlarni şakllantiriş masalalarini körib çiqdi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) kabi xalqaro ekspert taşkilotlari bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, texnologik me’yorlaştiriş va atrof-muhit ifloslanişining kompleks oldini oliş sohalarida Janubiy Koreya hamda Yevropa mamlakatlari tajribasini qöllaş masalasi muhokama qilindi.

Bundan taşqari, Qozoğistonning «Yaşil texnologiyalar va investitsiya loyihalari xalqaro markazi» hamda Özbekiston vakili örtasida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça niyatlar töğrisidagi hujjatlar almaşildi. Gap kompleks texnologik audit ötkaziş va NDTni joriy etiş sohasidagi hamkorlik haqida bormoqda.

Idora ma’lumotiga köra, erişilgan kelişuvlar eng yaxşi mavjud texnologiyalar böyiça mintaqaviy tizimni rivojlantiriş, ekologik tartibga solişni takomillaştiriş va sanoat korxonalarini texnologik modernizatsiya qiliş jarayonini tezlaştirişga qaratilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.