Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Hindiston parlamentlararo hamkorlikni kengaytiriş hamda qonunçilik sohasida tajriba almaşinuvini faollaştiriş niyatida. Bu haqda Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi raisi, parlamentning Hindiston bilan hamkorlik guruhi rahbari Gulruh Agzamova Hindistonning Özbekistondagi elçisi Smita Pant bilan uçraşdi.
Muzokaralar davomida sönggi yillarda ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar izçil rivojlanib, strategik şeriklik darajasiga kötarilgani ta’kidlandi. Uşbu jarayonda davlat rahbarlarining muntazam muloqotlari, oliy darajadagi uçraşuvlar va özaro taşriflar muhim örin tutadi.
Iştirokçilar parlamentlar örtasidagi aloqalarni kengaytiriş va hamkorlik salohiyatidan yana-da töliq foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Gulruh Agzamova mamlakatlar örtasidagi siyosiy işonç va döstona munosabatlar parlamentlararo aloqalarni yana-da rivojlantiriş uçun mustahkam asos yaratişini ta’kidladi.
Hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida ikki mamlakat parlamentlarining tegişli qömitalari örtasida töğridan-töğri hamkorlikni yölga qöyiş, qonun ijodkorligi sohasida muntazam tajriba almaşiş, şuningdek, ekspertlar iştirokida davra suhbatlari va konferensiyalar ötkaziş belgilandi.
Smita Pant, öz navbatida, Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar kölami, parlamentning davlat va jamiyat hayotidagi roli ortib borayotgani, şuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirişga qaratilayotgan e’tiborni qayd etdi. Uning sözlariga köra, Hindiston tomoni parlamentlararo aloqalarni faollaştiriş, tegişli tuzilmalar örtasida tajriba almaşiş va amaliy qöşma loyihalarni kengaytirişdan manfaatdor.
Tomonlar salohiyatidan hozirça töliq foydalanilmayotgan yönalişlarni ham muhokama qildi. Ular qatoriga demokratik institutlar samaradorligini oşiriş, fuqarolik jamiyati taşkilotlarining qarorlar qabul qilişdagi iştirokini kengaytiriş va jamoatçilik nazorati mexanizmlarini takomillaştiriş kiradi.
Bundan taşqari, ayollar va yoşlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş masalalari böyiça tajriba almaşiş, şuningdek, ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar, tibbiyot va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş istiqbolli yönalişlar sifatida qayd etildi.
Uçraşuv iştirokçilari ikki mamlakat hududlari örtasida töğridan-töğri aloqalarni kengaytiriş va parlamentlararo guruhlar faoliyatini aniq loyihalar bilan boyitiş muhimligini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida tomonlar parlament diplomatiyasi orqali Özbekiston va Hindiston örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaş, amaliy hamkorlikni rivojlantiriş va özaro manfaatli taşabbuslarni izçil ilgari surişga kelişib oldi.