Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Qozoğiston sayğoq populyatsiyasini saqlab qoliş hamda uning tabiiy yaşaş muhitini tiklaş böyiça birgalikda iş olib borişga kelişib oldi.
Tegişli memorandum ikki mamlakat vakillari tomonidan Antaliya şahrida bölib ötayotgan COP31 iqlim konferensiyasi doirasida imzolandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Hujjatni Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi A. Abduhakimov hamda Qozoğiston Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri A. Kuantirov imzoladi.
Tomonlar sayğoqlar soni va migratsiyasini birgalikda monitoring qiliş, ilmiy-texnik ma’lumotlar va tajriba almaşiş, şuningdek, tadqiqot loyihalarini amalga oşirişni rejalaştirmoqda.
Hamkorlikning alohida yönalişi brakonyerlik va noqonuniy savdoga qarşi kuraşiş böladi. Bundan taşqari, mamlakatlar sayğoqning tabiiy yaşaş muhitini saqlaş va tiklaş ustida iş olib borişni rejalaştirgan.
Memorandumda transçegaraviy muhofaza etiladigan hududlar va migratsiya yölaklarini rivojlantiriş, tabiiy yaylovlar hamda suv havzalarini tiklaş nazarda tutilgan.
Şuningdek, tomonlar sayğoq ilgari yaşagan hududlarda uning populyatsiyasini qayta tiklaş dasturlarini işlab çiqiş niyatida. Hamkorlik doirasida dala tadqiqotlari, populyatsiyalar holatini monitoring qiliş va öquv tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilgan.
Milliy qömita ma’lumotiga köra, erişilgan kelişuvlar tabiatni muhofaza qiliş çora-tadbirlarini muvofiqlaştiriş va Markaziy Osiyo bioxilma-xilligini saqlaşga qaratilgan.